“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash”

ўтилган  тадбир  баёни  ёзиш керак  масалан

2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlandi. Bugun mamlakatimizda navqiron avlodni barkamol etib tarbiyalash, ular qalbida Vatanga sadoqat, ulug‘ allomalarimiz merosiga, azaliy qadriyatlarga chuqur ehtirom tuyg‘usini mustahkamlashga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Zero, yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning suyanchi va tayanchidir.Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Bunga javoban yoshlarimiz bilim va salohiyati bilan nafaqat yurtimiz, balki jahon miqyosida o‘zlarini namoyon etayotir. Oila jamiyatning sog‘lom va barkamol avlodni kamolga yetkazuvchi tabarruk maskanidir. Mustahkam oila va baxtli turmush avvalambor oila quradigan yoshlarning o‘ziga, ularning aql-zakovati, ma‘naviy fazilatlariga, oila, jamiyat oldidagi o‘z burchi va ma‘suliyatini chuqur anglab yetishiga bog‘liq.Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlod orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq.Shuni aytishimiz mumkinki, bugungi yosh avlod yangi asr avlodidir, shuning uchun ularning barkamol insonlar bo‘lib yetishishlarida ko‘maklashish ziyo tarqatuvchi maskani xodimlarining oldida turgan eng katta burchidir.

Ответить

Ваш электронный адрес не будет опубликован. Обязательные поля помечены *