Maktab  kutubxonasida  ish  hujjatlarining  yuritilishi

Konimex  tumani 1-sonli  IDUM-da  viloyat  bolalar  kutubxonasi  bilan  hamkorlikda “ Maktab  kutubxonalarida  ish  hujjatlarining  yuritilishi va  kitobxonlarga  kutubxonachilk  xizmati  ko`rsatish turlari ” mavzusida  ko`chma  o`quv   seminari  tashkil  etildi. Seminarda Viloyat  bolalar  kutubxonasi  xodimlari  va  Konimex tumani Xalq  ta`limi  bo`limiga  qarashli  barcha  maktab  kutubxonachilari  ishtirok  etdilar.  Seminar davomida Viloyat  Bolalar kutubxonasi xodimlari tomonidan  kutubxonada tashkil  etiladigan ma`lumot va bibliografiya ishlari, kitobxonlarga xizmat  ko`rsatish, kitoblarni  jamlash va katalog yaratish, kutubxonachilik  ish  hujjatlariga   uslubiy yordam ko`rsatildi.